
Naja oxiana (Eichwald, 1831)
Maqomi: 3(NT): Zaiflarga yaqin, mozaik tarqalgan tur. TMXI Qizil ro`yxatiga kiritilgan [DD].
Tarqalishi: o`arbiy Pomir-Oloy, Markaziy va Janubiy Qizilqum, Qarshi cho`llari.
O`zbekistondan tashqarida: Turkmanistonning janubiy qismi, Tojikiston, hamda Eron, Afg`oniston, Pokiston, Hindistonning shimoliy qismlari.
Yashash joylari: Shag`al va tuproqli adirlar, qoldiq tog`lar va d. s. b. 2000 metrgacha bo`lgan tog`lar, daryo qayirlari va vohalar, ba`zan cho`l va yarim cho`llar.
Soni: 1980-yillarda janubiy hududlarda (Bobotog` etaklari, Sandiqlicho`l) 1, 5 gektar maydonda 1 dona uchrar edi? o`rtacha zichligi 1 kv. km maydonda 0, 5-5 tani tashkil etar edi. Hozirda ayrim yashashjoylarida butunlay yuq bo`lib ketgan qolganlarida esa sonikamayib ketgan.
Yashash tarzi: Mart-oktyabrda, yozda - asosan tunlari faol? tuproq yoriqlari, toshlar osti, kemiruvchi va toshbaqalar inlariga yashirinadi va o`sha erda qishlaydi. May oyida juftlashadi. Iyulda 6-19 ta tuxum ko`yadi. Bolasi sentyabrda tuxumdan chiqadi, 3-4 yoshda jinsiy voyaga etadi. Sudralib yuruvchilar, baqalar, ayrim hollarda mayda qush va sutemizuvchilar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Erlarning o`zlashtirilishi, odamlar tomonidan ta`qib qilinishi.
Ko`paytirish: Urg`ochisining tabiatda urug`lantirilgan tuxumlari inkubatsiya davrini muvaffaqiyatli o`taydi. Serpentariya sharoitiga yaxshi moslashadi.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Surxon, Hisor, Kitob va Nurota qo`riqxonalarida muhofaza ostiga olingan. SITESning II-Ilovasiga kiritilgan.