Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Maqomi: 2(VU:R):Zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan tur.
Tarqalishi: Janubi-G`arbiy Qizilqum ("Jayron" ekomarkazi), Bo`kantog`,(Qashqadaryo
deltasi), Ko`hitang t., Sherobod atroflari.
O`zbekistondan tashqarida: Turkmaniston,Eron, Afg`oniston Pokiston.
Yashash joylari: Tekislik va tog` etaklarining qumli va tuproq-shag`alli qismlari, qoldiq tepaliklar, botiqlarning jarliklari, qurigan daryo o`zanlari (d.s.b. 2000 metrgacha).
Soni: Barcha joylarda kam uchraydi, O`zbekistonda sanoqli
Yashash tarzi: Martdan oktyabrgacha tunlari faol, kunduzi tuproq yoriqlarida, toshlar ostida, kemiruvchilar, kaltakesaklar inida, chumolilar uyalarida yashirinadi va o`sha erda qishlaydi; ba`zan o`zi ham in quradi. Iyun-iyulda 3-4 ta cho`zinchoq tuxum qo`yadi. Jinsiy voyaga 2 yilda etadi. Mayda kaltakesaklar va ularning tuxumlari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Erlarning o`zlashtirilishi.
Ko`paytirish:Ko`paytirilmagan.
Muhofaza choralari: "Jayron" ekomarkazida muhofaza ostiga olingan.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009