
Hind boygasi
Boiga trigonatum (Schneider, 1802)
ssp. melanocephala (Annandale, 1904)
Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan kenja tur.
Tarqalishi: Surxondaryo vil. janubi, Qizilqum cho`li.
O`zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Afg`oniston.Hindiston, Pokiston, Shri-Lankada - boshqa kenja turi.
Yashash joylari: Qum va tuproqli cho`llar, jar va o`nqirlar,
tog`larning pastki qismlaridagi
siyrak o`tbutali toshli qiyaliklar, dalalar va eski turar joylar.
Soni: O`zbekistonda sanoqli topilmalari ma`lum.
Yashash tarzi: Aprel-oktyabrda tunlari faol, kunduzi tuproq yoriqlarida, toshlar tagida, jarliklardagi qushlar uyasida yoki kemiruvchilar inida jon saqlaydi va shu erda qishlaydi ham.Daraxt va tomlarda tez o`rmalaydi.Taxminan may oyida juftlashadi. Iyun-iyulda 3-11 tuxum qo`yadi, bolasi sentyabr-oktyabrda tuxumdan chiqadi. Kaltakesak va qushlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Erlarning o`zlashtirilishi.
Ko`paytirish: Sankt-Peterburg hayvonot bog`ida nasl olingan.
Muhofaza choralari: Ishlab chiqilmagan.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009