
Varanus griseus (Daudin, 1803)
ssp. caspius (Eichwald, 1831)
Maqomi: 2 (VU:D): Zaif,qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja tur.
Tarqalishi: Janubiy Orolbo`yidan Farg`ona vodiysigacha bo`lgan tekisliklar.
O`zbekistondan tashqarida: O`rta Osiyo va Qozog`istonning janubi, Afg`oniston, Eron. Osiyoning o`arbi-janubida, Shimoliy Afrika, Hindiston, Pokistonda - boshqa kenja turlari.
Yashash joylari:Cho`lning qumli va tuproqli erlari, tekislik va tog`larning pastki qismlaridagi (d.s.b 1000 m.gacha) daryo vohalari.
Soni: 1970-yillarda lokal populyatsiyalarda har gektariga 3-6 tasi hisobga olinar edi. 1990-yil-larning boshlarida ularning umumiy soni 45 mingga, alohida Farg`ona populyatsiyasida esa 200 ga yaqin bo`lgan. Hozirda aksariyat yashash joylarida yo`q bo`lib ketgan, qolganlarida esa juda kam sonli. Kunduzgi sayohat vaqtida 2-5 tagacha uchratish mumkin.
Yashash tarzi: Aprel-oktyabrda faol. Katta qumsichqon va tulkilar tashlab ketgan uyalarida berkinadi va o`sha erda qishlaydi ham. May-iyunda juftlashadi. Iyun- iyulda 6-20 tuxum qo`yadi. Tuxumdan chiqqan bolalari er yuziga bir qishlovdan so`ng chiqadi, 3 yoshdan oshganda jinsiy voyaga etadi. Hasharotlar, sudralib yuruvchilar, qushlar va ularning tuxumlari, mayda sutemizuvchilar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Cho`l zonalarida qo`riq erlarning o`zlashtirilishi, ayniqsa shudgorlash va sug`orish; inson tomonidan ta`qib qilinishi, yo`llarda avtotransportdan nobud bo`lishi (Qizilqumda 400 km masofada 46 ta nobud bo`lgani qayd qilindi).
Ko`paytirish:Ko`paytirilmagan. Hayvonot bog`larida saqlanadi.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Qizilqum qo`riqxonasida va «Jayron» ekomarkazida muhofaza ostiga olingan. SITES- ning I-Ilovasiga kiritilgan. Farg`ona vodiysida muhofazasini tashkillashtirish lozim