
Qoraholdor kaltakesak
Black-ocellated Racerunner
Eremias nigrocellata Nikolsky, 1896
Maqomi. 2 (VU:D): Zaif,qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan tur.
Tarqalishi. Surxondaryo vil.janubi.
O`zbekistondan tashqarida: Turkmaniston, Tojikiston,Eron, Afg`oniston.
Yashash joylari: Cho`lning kattik taqirsimon, shag`alli, sog` tuproqli va o`simliklari siyrak sho`rxok erlari.
Soni: 1980-yillarda lokal populyatsiyalarda bir gektar maydonda 2-3 donagacha hisobga olinar
edi, hozirda soni keskin kamayib ketgan. 2007 yil aprelda Bobotog` adirlarida soni gektarda 4 tagacha etgan.
Yashash tarzi: Fevral-noyabrda faol; o`z inida yoki hasharotlar, kemiruvchilar uyalarida yashaydi va o`sha erda qishlaydi. Martda juftlashadi. Bir yilda 2-3 marta - aprel-iyun oylarida - 4-9 tadan tuxum qo`yadi. Bolalari tuxumni may-iyulda yorib chiqadi va keyingi yili bahorda jinsiy voyaga etadi. Mayda hasharotlar, ko`poyoqlilar va o`rgimchaksimonlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Qo`riq erlarning o`zlashtirilishi, ayniqsa shudgorlash va sug`orish hamda chorvaning boqilishi.
Ko`paytirish: Ko`paytirilmagan.
Muhofaza choralari:Saqlanib qolgan barcha lokal populyatsiyalarini aniqlash va muhofazasini tashkillashtirish.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009