Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Qalqonli gekkoncha
Alsophylax loricatus Strauch, 1887
ssp. loricatus Strauch, 1887

Maqomi: 1 (EN): Yoʼq boʼlib ketayotgan, mozaik tarqalgan, relikt endemik kenja tur.
Tarqalishi: Fargʼona vodiysi. Oʼzbekistondan tashqarida: Shimoliy Tojikiston, Xorazm vil. va Turkmanistonda - boshqa kenja turi.
Yashash joylari: Qadimgi vohalar, eski paxsa qurilma va xa-robalar, ariq boʼylari. Tabiiy biotoplarda yoʼq boʼlib ketgan.
Soni: 1970-yillargacha koʼp boʼlgan; hozirda aksariyat yashash joylarida yoʼq boʼlib ketgan, qolganlarida esa sanoqli uchraydi.
Yashash tarzi: Mart-oktyabrda tunlari faol, kunduzi loy suvoqli eski uylar devorlarining yoriq va kovaklari, turli axlat qoldiqlari, eski chirigan yogʼoch toʼplamlari tagiga, ariq boʼylaridagi hasharotlar va kemiruvchilar iniga berkinadi, oʼsha yerda qishlaydi ham. Аprel-mayda juftlashadi. Iyun-avgustda bir-ikki marta 1-2 tadan tuxum qoʼyadi. Аvgustda bolalari tuxumdan chiqadi va hayotining ikkinchi yilida jinsiy voyaga yetadi. Mayda hasharotlar va oʼrgimchaksimonlar bilan oziqlanadi
Cheklovchi omillar: Sugʼorish tarmoqlarini qayta tiklash va taʼmirlash, qishloq qurilishi.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Saqlanib qolgan barcha lokal populyatsiyalarni aniqlash, ular muhofazasini tashkillashtirish zarur, koʼpaytirishni tashkil qilish lozim.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009