Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Said-Аliev taqir toʼgarakboshi
Phrynocephalus helioscopus (Pallas, 1771)
ssp. saidalievi Sattorov, 1981

Maqomi: 1(EN): Yoʼq boʼlib ketayotgan, qisqa arealli, endemik lar kenja tur
Tarqalishi: Fargʼona vodiysi.
Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston va Qirgʼizistonning tutash hududlari. Oʼzbekistonning qolgan hududlarida, Oʼrta Osiyoning boshqa mamlakatlarida, Qozogʼistonda, Rossiya janubida (quyi Povolje, Dogʼiston), Kavkazortida, Eronda, Аfgʼonistonda - boshqa kenja turlari.
Yashash joylari: Tekislik va togʼ etaklaridagi qattiq taqirsiligi kam choʼllashgan yertubi loyqali qurib qolgan daryo oʼzanlari
Soni: 1960-1970 yillarda koʼp boʼlgan, hozirda juda kam uchraydi.
Yashash tarzi: Mart oyidan oktyabr oxirigacha faol, oʼz inida yoki kemiruvchilar uyasiga berkinadi va oʼsha yerda qishlaydi. Mart-aprel oylarida juftlashadi. Yiliga 2¬3 marta - may-iyun oylarida - 2-10 ta tuxum qoʼyadi. Iyun-iyulda bolalari tuxumni yorib chiqadi va bir qishlovdan soʼng jinsiy voyaga yetadi. Mayda hasharotlar va oʼrgimchaksimonlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Qoʼriq yerlarning oʼzlashtirilishi.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Saqlanib qolgan barcha lokal populyatsiyalarini aniqlash, muhofazasini va tutqinlikda koʼpaytirishni tashkillashtirish lozim.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009