
ҲИСОР АРВОҲКАПАЛАГИ (ACOSMERYX NAGA)
Maqomi
2(VU:R): Janubi-Sharqiy Paleartika turining zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan Janubiy Turkiston kenja turi.
Tarqalishi
Omonqo‘ton q. atrofi, Jinnidaryo, Soyg‘us (Zarafshon t.), To‘palangdaryo, Sangardak (Hisor t.) vohalari. Oʻzbekistondan tashqarida: Tojikiston. Afg‘oniston, Hindiston, Xitoy, Koreya va Yaponiyada – boshqa kenja turi.
Yashash joylari
Tog‘ (D.s.b. 1100-1600 m) vodiylarining daraxt va butali chakalakzorlari.
Soni
Hamma joyda kam. Oʻzbekistonda bir necha topilmalar orqali maʼlum.
Yashash tarzi
Yiliga bir marta to‘la va bir marta qisman nasl beradi. Birinchi uchishi va tuxum qo‘yishi – aprel–mayda (tunlari), ikkinchisi – avgust–sentyabrda. Qurtlari yovvoyi tokda (Vitis vinifera), baʼzan madaniy tokzorlarda (Ampelopsis vitifolia) iyuniyul va sentyabr–noyabrda rivojlanadi. Tuproqning yuqori qatlamida o‘ta nam joylarda g‘umbakka aylanadi. Gʻumbaklarning birinchi nasli qisman va ikkinchi nasli to‘liq qishlaydi.
Cheklovchi omillar
Daraxt va butalarning kesib tashlanishi, ozuqa o‘simligining yo‘q qilinishi.
Ko‘payish xolati
Ko‘paytirilmagan.
Muhovaza choralari
Kitob qo‘riqxonasida muhofaza ostiga olingan.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009