Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Toʼqay feruzaqanoti

Glaucopsyche charibdis (Staudinger, 1886)

Maqomi: 2 (VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan endemik tur.

Tarqalishi: Surxondaryoning Koʼkaydi, Oqqoʼrgʼon q. va Zarafshonning Samarqand sh. yaqinidagi qayirlari, Qizilqumning Аmudaryoga tutash qismlari, Markaziy Fargʼona. 

Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston, Turkmaniston.

Yashash joylari: Tekislik daryolar qirgʼoqlaridagi toʼrangʼi toʼqaylar va ularning atroflari, sugʼorish kanallari boʼylab sugʼoriladigan yerlarga qaytadan kirishi mumkin.

Soni: Ilgari koʼp uchrar edi, keyingi oʼn yillar davomida keskin kamayib ketgan.

Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. Bir yiliga bir marta nasl beradi. Uchishi va tuxum qoʼyishi - aprel-mayda. Qurti qizilmiyada (Glycyrrhyza glabra) yashaydi.

Cheklovchi omillar: Xoʼjalik faoliyati oqibatida toʼqaylarning hamda ozuqa oʼsimligining yoʼq qilinishi.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Zarafshon va Qizilqum qoʼriqxonalarida muhofaza ostida; yashash joylari, soni va yashash tarzini mukammal oʼrganish lozim.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009