Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Tengsiz alvonchi

Lycaena dispar Haworth, 1803 ssp. rutila Werneburg, 1864

Maqomi: 2 (VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan janubiy kenja tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [LR-nt].

Tarqalishi: Gʼarbiy Tyan-Shan, Jizzax va Samarqand vil. 

Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Kavkaz, Turkiya, Oʼrta va Janubiy Yevropa. Nominativ kenja turi (Аngliya) taxminan 1850 yillarda yoʼq boʼlib ketgan.

Yashash joylari: Tekislik va oʼrta balandlikdagi togʼlarning (d.s.b. 500-1000 m) namlangan oʼtlarga boy qismlari, baʼzan vohalar.

Soni: Doimo kam boʼlgan, soʼnggi oʼn yilliklar davomida soni keskin kamayib ketib, ayrim namunalarigina uchraydi.

Yashash tarzi: Joyning mutloq balandligiga qarab bir yilda 1-2 marta nasl beradi. Uchishi va tuxum qoʼyishi - may-iyunda, baʼzan esa avgust-sentyabrda. Qurti iyunda otquloq (Rumex) va suvzamchilarda (Polygonum) yashaydi. gʼumbagi qishlaydi.

Cheklovchi omillar: Yashash makonlarining qoʼriqlarni haydash, daraxt va butalarni kesish, pichan tayyorlash va chorvani haddan tashqari koʼpaytirish natijasida qisqarishi.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Chotqol, Nurota qoʼriqxonalari va Ugom- Chotqol milliy bogʼida muhofaza ostida.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009