
Karanasa hoffmanni (Christoph, 1893)
Maqomi: 2^i^):Zaif, tabiatan kamyob, qisqa endemiki.
Tarqalishi: Qumbel dovoni (Turkiston t.) atroflari.
Yashash joylari: Baland togʼ (d.s.b. 3000-3200 m) oʼtloqlarining shagʼal va tuproqli yonbagʼirlari. Boshoqli oʼsimliklar majmualarida yashaydi.
Soni: Mavsum davomida 10-20 donasini, baʼzi yillari atigi bir nechtasini uchratish mumkin.
Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. Uchishi va tuxum qoʼyishi iyul-avgust oylarida; kapalaklarning uchish davri yildan yilga farqlanadi.
Cheklovchi omillar: Yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Zomin milliy bogʼida muhofaza ostiga olingan; yashash joylari, soni va yashash tarzini mukammal oʼrganish lozim