Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Аkreya katakgulqanoti

Melitaea acraeina Staudinger, 1886

Maqomi: 1(CR): Butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasida turgan Fargʼona endemiki.

Taralishi: Turning yagona populyatsiyasi Oqoltin q. (Аndijon vil.) atrofida mavjud; Qoʼqon sh. va Yozyovon q. atrofidagi populyatsiyalari 1940-yillarda qirib yuborilgan.

Yashash joylari: Birlamchi yashash joylari boʼlmish tekislik suv havzalarining qirgʼoqlaridagi toʼrangʼil toʼqaylarda yoʼq boʼlib ketgan; hozirgi kunda agrolandshaftlarda zovurlarning yonbagʼirlarida toʼqay majmualarining mayda qoldiqlari tevaraklarida uchraydi.

Soni: Lokal populyatsiyalarda kapalagi har 100 kv.metrda 1 donagacha uchraydi. Yil sayin kamayib bormoqda.

Yashash tarzi: Bir yilda bir marta nasl beradi. Uchishi va tuxum qoʼyishi - aprel-may, baʼzan iyul oylarigacha. Qurti may-iyun oylarida takasoqolda (Dodartia orientalis) yashaydi, iyuldan diapauzaga kiradi va tuproqda qishlaydi, keyingi yilning aprelida qoʼshimcha oziqlanadi. oʼsimlik qoldiqlari orasida gʼumbakka aylanadi. Endoparazitizm: pteromalidlar (Pteromalidae) -5-25%.

Cheklovchi omillar: Xoʼjalik faoliyati oqibatida toʼrangʼi toʼqaylarining yoʼq qilinishi, zovurlarni ekskavatorlar bilan tozalash, endoparazitizm.

Koʼpaytirish: Imkoniyati bor.

Muhofaza choralari: Muhofazasini tashkil qilish, yashash joylarida zovurlarni ekskavatorlar bilan tozalashni man qilish lozim.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009