Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Yolqinli zegris

Zegris pyrothoe (Eversmann,1832)

Maqomi: 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, lokal tur.

Tarqalishi: Ustyurt yassi togʼligining chinklari. 

Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston, Turk-maniston, Qirgʼiziston, Rossiya (Quyi Povoljьe, Janubiy Oltoy), Xitoy (Sinjon).

Yashash joylari: Pasttekislik daryolarining qayirlaridagi qum- li va mayda toshli choʼkmalar, suv havzalarining sohillari, tuproqli yirik jarliklar, choʼllarning barqarorlashgan qumli va tuproqli massivlari.

Soni: Hamma joyda kam va yil sayin kamayib bormokda. Ustyurt chinkining shimoliy qismidagi lo-kal populyatsiyasi eng katta hisoblanadi odatdagi zichligi 0,01, sonining avjga chiqqan yillari esa 100 kv.m.-10 donagacha uchraydi.

Yashash tarzi: Bir yilda bir marta nasl beradi. Uchishi va tuxum qoʼyishi - aprel-mayda, qurti may-iyunda qoratundakda (Lepidium perfoliatum) yashaydi. gʼumbagi qishlaydi.

Cheklovchi omillar: Xoʼjalik faoliyati oqibatida yashash joylarining yemirilib ketishi, yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish lozim.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009