Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Tomiris
Maqomi: 1(EN): Yoʼq boʼlib ketayotgan, lokal endemik.
Tarqalishi: Bobotogʼ togdagi Katta-Bismil massivi. 
Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston, Turkmaniston, Eron.
Yashash joylari: Oʼsimliklari juda kam dashtlashgan gilli tik jarliklar (d.s.b. 400-700 m).
Soni: Hamma joyda kam, Bobotor populyatsiyasida mavsumda 10-20 donasi uchraydi, yil sayin kamayib bormokda.
Yashash tarzi: Bir yilda bir marta nasl beradi. Uchishi va tuxum qoʼyishi mart-aprel oylarida, qurti martning oxiridan simato-karpusda (Cymatocarpus popovi) yashaydi. gʼumbakka aylanishi - aprel-mayda. gʼumbagi ozuqa oʼsimligining pastki qismida, tuproq yoki oʼsimlik qoldiqlari orasida qishlaydi.
Cheklovchi omillar: Xoʼjalik (qurilish) faoliyati va yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish hisobiga ozuqa oʼsim- ligining nobud qilinishi.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Yashash joylarini muhofaza qilish lozim.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009