Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Glaukonoma

Pontia glauconome Klug, 1829

ssp. iranica (Bienert, 1870)

Maqomi: 1(EN) Yoʼq boʼlib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja turi.

Tarqalishi: Bobotogʼ togdagi Katta-Bismil massivi. 

Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston, janubiy Turkmaniston, Eron. Iroq, Saudiya Аrabistoni, Ummon, Misr, Yaman, Somali, Аfgʼoniston, Pokiston, Hindistonda - boshqa kenja turlari.

Yashash joylari: Oʼsimliklari juda kam togʼ (d.s.b. 400-1200 m) yonbagʼirlarining yalanglangan gips va toshli tikka qismlari.

Soni: Barcha joyda kam, Bobotogʼ populyatsiyasida mavsum davomida 10-20 donasi uchraydi, yil sayin kamayib bormoqda.

Yashash tarzi: Koʼpayishining aniq chegarasi yoʼq, 5-tagacha nasl beradi. Uchishi va tuxum qoʼyishi mart, aprel, mayning oxiri va iyulning boshida, avgust va sentyabrda. qurtlari qalampirgulda (Reseda bucharica) yashaydi. Аsosan tuxumlari, gʼumbaklari, shuningdek erta bahorda qoʼshimcha oziqlanuvchi qurtlari qishlaydi.

Cheklovchi omillar: Xoʼjalik (qurilish) faoliyati va yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish hisobiga ozuqa oʼsim- ligining nobud qilinishi.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Yashash joylarini muhofaza qilish lozim.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009