Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Fargʼona olaqanoti
Maqomi: 0(EX): Yer yuzida yoʼq boʼlib ketgan Fargʼona endemiki.
Tarqalishi: Fargʼona vodiysining janubidagi Beshariq. atrofida yashagan.
Yashash joylari: Isfara d. eski oʼzanining quyi qismidagi choʼl-toʼqay majmualarida yashagan.
Soni: Tur 1937-1938 yillarda yigʼilgan kam sonli toʼplam orqali maʼlum, undan keyingi maxsus qidirilmalarda biror marta ham uchramagan.
Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. Yilda bir marta nasl berar edi. Uchishi va tuxum qoʼyishi - iyun-iyul oylarida.
Cheklovchi omillar: Choʼldagi qoʼriq yerlarning oʼzlashtirilishi, yashash joylarida qishloqlar qurilishi.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Koʼrilmagan.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009