Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Toʼqay tillaqoʼngʼizi

Eurythyrea oxiana Semenov, 1895

Maqomi: 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, lokal tarqalgan endemik tur.

Tarqalishi: Nukus sh. atrofi, Dovgʼora, Xatep q., Boday-Toʼqay qoʼriqxonasi.

Oʼzbekistondan tashqarida: janubiy Tojikiston.

Yashash joylari: Tekislik daryolari qirgʼoqlaridagi toʼrangʼili toʼqayzorlar va siyrak oʼrmonlar.

Soni: Doimo kam boʼlgan. Keyingi oʼn yilliklar davomida keskin qisqarib, baʼzi joylarda butunlay yoʼq boʼlib ketgan.

Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. Lichinkalari chiriyotgan eski toʼrangʼilda (Populus pruinosa) rivojlanadi. Uchishi va tuxum qoʼyishi iyun-iyulda.

Cheklovchi omillar: Xoʼjalik faoliyati natijasida toʼqayzorlarning yoʼq qilinishi, xususan es-ki toʼrangʼil daraxtlarining kesib tashlanishi.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Yashash joylari, soni, hayot tarzini mukammalroq oʼrganish, yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish, toʼqayzorlarni saqlash.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009