
Lethrus bispinus B. Jakovlev, 1899
Maqomi: 1(CR): Butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasida turgan fargʼona endemik tur.
Tarqalishi: Fargʼona vodiysining janubi.
Yashash joylari: Togʼ oldi tekisliklari va turli oʼt oʼsimliklar bilan qoplangan togʼ (d.s.b. 600-800 m) yonbagʼirlari.
Soni: Bir necha donasi orqali maʼlum.
Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. Yilda bir marta nasl beradi. Voyaga yetganlari aprel-iyunda faol boʼladi. Koʼkatlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Choʼl qoʼriqlarining xoʼjalik maqsadlarida oʼzlashtirilishi, xususan, shudgorlash va yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Yashash joylari, soni, hayot tarzini mukammalroq oʼrganish, yashash joyla-rida muhofazasini tashkillashtirish.