Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Turkiston skariti

Scarites turkestanicus Heyden, 1884

Maqomi: 1(CR): Butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasida turgan lokal endemik tur.

Tarqalishi: Fargʼona vodiysi- ning markaziy qismi. 

Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston.

Yashash joylari: Choʼllarning barqaror va yarimbarqaror qumli massivlari. Tepaliklar orasidagi soylik yerlarda yashaydi

Soni: Bir necha donasi orqali maʼlum.

Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. yilda bir marta nasl beradi. Voyaga yetganlari aprel-iyunda oqshomlari faol boʼladi. Yirtqich, mayda hasharotlar va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Choʼl qoʼriqlarining xoʼjalik maqsadlarida oʼzlashtirilishi, xususan shudgorlash va yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Yashash joylari, soni, hayot tarzini mukammal oʼrganish, yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009