Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Аntiya

Anthia mannerheimi Chaudoir, 1842

Maqomi: 1(EN): Yoʼq boʼlib ketayotgan lokal endemik.

Tarqalishi: Sandiqli choʼlining Shimoli-Gʼarbiy qismi (Аmu-Buxoro kanali atrofi). 

Oʼzbekistondan tashqarida: Turkmaniston, Eron.

Yashash joylari: Choʼllarning mustahkamlashgan va yarim mustahkamlashgan qumli massivlari. Tepaliklar oʼrtasidagi soylik yerlarda yashaydi.

Soni: Oʼzbekistonda ayrim topilmalar orqali maʼlum.

Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. Yilda bir marta nasl beradi. Voyaga yetganlari aprel-may oylarida faol boʼladi. Yirtqich, boʼgʼimoyoqlilar, mayda kaltakesaklar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Choʼl qoʼriqlarining xoʼjalik maqsadla- rida oʼzlashtirilishi, xususan shudgorlash va yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish, kollektsiya maqsadlari uchun yigʼish.

Koʼpaytirish:  Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Yashash joylari, soni, hayot tarzini mukammal oʼrganish, yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009