Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Yashilbosh allolobofora
Greenhaeded Annelid Worm
Allolobophora chlorocephala Perel, 1977

Maqomi. 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, lokal endemik tur.
Tarqalishi. Xumson q. atrofi (Qorjantov t.).
Yashash joylari. O`simliklar bilan zich qoplangan tirqoq yong`oq-mevali tog` (d.s.b. 1000-1200 m) o`rmonlari. Tuproqda, chuqur er os¬ti yo`llarida yashaydi.
Soni. Lokal populyatsiyalarda har kv. metrda 10 tagacha uchraydi.
Yashash tarzi. Bir necha yil yashaydi. Tuproq yuzasiga chiriyotgan o`simlik qoldiqlari bilan oziqla nish va ko`payish uchun chiqadi. Ger¬mafrodit, may oyida yomg`irlar boshlanishi bilan (ba`zan, kuzda ham) bir-birini o`zaro urug`lantirish orqali ko`payadi; 1-2 dona pilla ichida 1-2 donadan tuxum qo`yadi. Yilning quruq mavsumida to yog`ingarchiliklar boshlangunicha chuqur tuproq ostida harakatsiz holda yotadi. Tuproqni yaxshilaydi.
Cheklovchi omillar. Tog` yonbag`ir- laridagi daraxt va butalarning ke- sib tashlanishi, yaylovdan chorvachi- likda haddan tashqari foydalanish; zaharli kimyoviy moddalardan keng foydalanish, tuproqning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi. 
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.
Muhofaza choralari. Ugom- Chotqol milliy bog`ida muhofaza ostiga olingan. Tuproqni iflos- lanishdan saqlash lozim.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009