Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Zarudniy toshqoli

Carabus zarudnyi (Semenov et Znojko, 1932)

Maqomi: 2(VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, qisqa endemik.

Tarqalishi: Piskem d. vohasidagi Qorongʼitoʼqay, Mashtak q. atrofi (Ugom, Piskem t.).

Yashash joylari: Togʼlarning (d.s.b. 1200 - 2000 m) daraxt va butalari kam, mayda oʼrnashmagan toshli, koʼkatlarga boy kungay joylari.

Soni: Kam topilmalar orqali maʼlum.

Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. yilda bir marta nasl beradi. Voyaga yetganlari tuproqda qishlaydi, aprel-mayda harakatchan boʼladi. Yirtqich, mayda hasharotlar va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Daraxt va butalarni qirqish orqali yashash joylarini tugatish, pichan tayyorlash, yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish, zaharli kimyoviy moddalarni keng qoʼllash.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan Muhofaza choralari. Ugom- Chotqol milliy bogʼida muhofaza ostiga olingan; yashash joylari, soni, hayot tarzini mukammal oʼrganish lozim.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009