
Callisthenes glasunovi (Semenov, 1900)
Maqomi: 1(EN): Yoʼq boʼlib ketayotgan lokal endemik.
Tarqalishi: Nurota t., Samarkand sh. atrofi (Iskandar q.).
Yashash joylari: Togʼ etaklari tekisliklari va turli oʼt oʼsimliklar bilan qoplangan togʼ (d.s.b. 600-1000 m) yonbagʼirlari.
Soni: Kam topilmalar orqali maʼlum. Soʼnggi paytlarda bu tur juda kam topilgan edi. 2001 yilda
Nurota qoʼriqxonasida maxsus izlanishlar olib borilganiga karamay, bu tur topilmadi.
Yashash tarzi :Kam oʼrganilgan. Yilda bir marta nasl beradi. Voyaga yetganlari aprelda harakatchan boʼlishadi. Yirtqich, mayda hasharotlar va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Pichan tayyorlash, yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish,
yerlarning nurashi, zaharli kimyoviy moddalarni keng qoʼllash.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Nurota qoʼriqxonasida muhofaza osti ga olingan; yashash joylari, soni, hayot tarzini mukammal oʼrganish lozim.