
Cicindela galatea Theime, 1881
Maqomi: 2(VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan Fargʼona endemik turi.
Tarqalishi: Fargʼona vodiysi togʼlarning janubiy va shimoliy yon bagʼirlari (Margʼilon sh., Vodil, Quvasoy q. atrofi, Chotqol va Qurama tizmalarining togʼ etaklari). Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston, Qirgʼiziston.
Yashash joylari: Togʼ etagi choʼl landshaftlari (d.s.b. 400-800 m.).
Soni: Аsr (XX) boshida koʼp uchrar edi, vodiyning janubida 40- yillarda yoʼq boʼlib ketgan, shimolida kam topilmalar orqali maʼlum.
Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. yilda bir marta nasl beradi. Voyaga yetganlari iyunda harakatchan boʼladi. Yirtqich, mayda hasharotlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Choʼl va togʼ etaklaridagi qoʼriqlarning xoʼjalik maqsadlarida oʼzlashtirilishi, xususan irrigatsiya tarmoqlarining qurilishi.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Yashash joylari, soni, hayot tarzini mukammal oʼrganish, yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish.