Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Leman qandalasi

Cercinthus lehmanni Kolenati, 1891

Maqomi: 2(VU:R): Zaif, tabiatan kamyob tur.

Tarqalishi: Xorazm, Fargʼona, Jizzax vil., Qoraqalpogʼiston. 

Oʼzbekistondan tashqarida: Turkmaniston, Qozogʼiston, Suriya, Eron, Misr.

Yashash joylari: Choʼllarning barqarorlashgan kumli massivlari.

Soni: Hamma joyda kam. Oʼzbekistonda kam topilmalar orqali maʼlum.

Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. Qumda oʼsuvchi oʼsimliklarning, koʼproq seleu (Aristida pennata) ildizlari atrofida yashaydi. Voyaga yetganlari may-iyunda oqshom va tunlari harakatchan boʼladi, baʼzan chiroq yorugʼiga uchib keladi.

Cheklovchi omillar: Choʼl qoʼriqlarining xoʼjalik maqsadlarida oʼzlashtirilishi, xususan shudgorlash va yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Yashash joylari, soni va hayot tarzini mukammal oʼrganish, yashash joylarida muhofazasini tashkiilashtirish.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009