
Stenolemus bogdanovi Oshanin, 1896
Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, janubiy endemik tur.
Tarqalishi: Toshkent, Samarkand, Sirdaryo, Fargʼona vil.
Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston.
Yashash joylari: Oʼzining birlamchi yashash joylari - Oʼzbekistonning tekislik va togʼlarning qayir toʼqayzorlarida uchramay qoʼygan, hozirda qishloq joylarda odam yashamaydigan xoʼjalik imoratlarida uchrab turadi.
Soni: Kam topilmalar orqali maʼlum.
Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. Yirtqich, mayda boʼgʼimoyoqlilar bilan oziqlanadi. Voyaga yetganlari qishlashadi, bahor va yozda harakatchan boʼladi. Tojikistonda lichinkasi jiyda (Eleagnus angustifolia) tanasida topilgan.
Cheklovchi omillar: Xoʼjalik faoliyati sababli togʼoldi hududla rida oʼtloqli qayir toʼqayzorlarining kamayib ketishi.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Yashash joylari, soni,hayot tarzini mukammal oʼrganish, oʼtloqli qayirlarni muhofaza qilish lozim.