
Reduvius fedtschenkianus Oshanin, 1871
Maqomi: 2(VU:R) Zaif, tabiatan kamyob endemik tur.
Tarqalishi: Buxoro, Samarkand, Jizzax, Qashqadaryo vil. va Fargʼona vodiysining choʼllarida yashaydi.
Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston, Turkmaniston.
Yashash joylari: Choʼllarning mustahkamlashgan qum tuproqli massivlari. Kemiruvchilar va toshbaqalarning uyalarida yashaydi.
Soni: Hamma joyda kam. Oʼzbekistonda kam topilmalar orqapi maʼlum.
Yashash tarzi: Rivojlanish davri ikki yil. Voyaga yetgan hasharotlar aprel-may oylarida oqshom paytida harakatchan boʼlishadi va mayda boʼgʼimoyoqlilar bilan oziqlanadi. Lichinkalari va voyaga yetmaganlari mayda chang yoki qum ichiga burkalib oladilar.
Cheklovchi omillar: Yarimchoʼl va togʼ etaklaridagi boʼz yerlarning xoʼjalik maqsadlarida oʼzlashtirilishi, xususan, haydash va yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish.