
Porphyrophora sophorae (Archangelskaja, 1935)
Maqomi: 2 (VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan endemik tur.
Tarqalishi: Samarqand vil., Fargʼona vodiysi.
Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston, Qozogʼiston.
Yashash joylari: Yarimchoʼl mintaqasi, togʼ etaklari, daryo vodiylaridagi qumoq tuproqli va qattiq shoʼrlangan yerlar.
Soni: Ilgari koʼp uchragan, keyingi oʼn yillar davomida keskin kamayib ketgan. Bir necha oʼnlab hasharotlardan tashkil topgan toʼdalarda yashaydi.
Yashash tarzi: Аchchiqmiya (Sophora [Vexibia] alo-pecuroides) va qizilmiya (Glycyrrhiza sp.) tomirlarida yashaydi. Yiliga bir marta nasl beradi. Iyun-iyulda mumsimon qattiq qobiq hosil qiladi. Erkaklarining uchishi va urgʼochilarining sistadan chiqishi, juftlashishi va tuxum yishi (50¬300 dona) - avgust-sentyabrda. Birinchi yoshdagi lichinkalari qishlaydi. Urugʼlantirilmagan urgʼochilari uzoq muddatli diapauzaga tushishlari mumkin. Karmin (qirmizi rang boʼyoq) beruvchi muhim manba.
Cheklovchi omillar: Yarimchoʼl va togʼ etaklaridagi boʼz yerlarning xoʼjalik maqsadlarida oʼzlashtirilishi, xususan, haydash va yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish.
Koʼpaytirish: Imkoni mavjud.
Muhofaza choralari: Yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish.