Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Аjriqxoʼr karmin beruvchi qurt

Scale Porphyrophora cynodontis (Archangelskaja, 1935)

Maqomi: 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan endemik tur.

Tarqalishi: Samarqand vil., Fargʼona vodiysi. 

Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston.

Yashash joylari: Yarimchoʼl mintaqalari, togʼ etaklari va daryo vohalarining qumtuproqli, tuproqli va shoʼr qoplangan qismlari.

Soni: Oldinlari koʼp uchrar edi, keyingi oʼn yillar ichida keskin kamayib ketgan. Bir necha oʼnlab hasharotlardan iborat toʼdalarni hosil qilib yashaydi.

Yashash tarzi: Аjriq (Cynodon dactilon) va shoʼr ajriq (Aeluropis NttoraNs)ning yer osti qismlarida, kamdankam hollarda novdalarida yashaydi. Yiliga bir marta nasl beradi. Iyun-iyulning boshlarida mumsimon qattiq qobiq hosil qiladi. Erkaklarining uchishi, urgʼochilarining sistadan chiqishi, juftlashishi va tuxum (50-300dona) qoʼyishi - avgust-sentyabrda.Birinchi yoshdagi lichinkalari qishlaydi. Urugʼlantirilmagan urgʼochilari uzoq muddatli diapauzaga tushishlari mumkin. Karmin (qirmizi rang boʼyoq) beruvchi muhim manba.

Cheklovchi omillar: Yarimchoʼl va togʼ etaklaridagi boʼz yerlarning xujalik maqsadlarida oʼzlashtirilishi, xususan, haydash va yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish.

Koʼpaytirish: Imkoni mavjud.

Muhofaza choralari: Yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009