Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Choʼl temirchagi

Sago pedo (Pallas, 1771)

Maqomi: 1(EN): Yoʼq boʼlib ketayotgan, lokal tarqalgan tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [VU].

Tarqalishi: Jindidaryo vohasi (Zarafshon t.). 

Oʼzbekistondan tashqarida: Janubiy Yevropa, Kavkaz, Rossiya (Oltoy), Qozogʼiston, Qirgʼiziston.

Yashash joylari: Oʼzbekistonda: turlituman oʼt va butazorli kam namli togʼ (d.s.b. 800-1500 m) choʼllari.

Soni: Hamma joyda kam. Oʼzbekistonda kam topilmalar orqali maʼlum.

Yashash tarzi: Yilda bir marta nasl beradi. Koʼpayishi bir jinsli; erkagi nihoyatda kam uchraydi. oʼsish davrida 8 marta poʼst tashlaydi. Tuproqqa yozda tuxum qoʼyadi. Yirtqich, toʼgʼriqanotlilar (Orthoptera) va beshiktebratarlar (Mantoptera) bilan oziqlanadi, tuxumlari qishlaydi

Cheklovchi omillar: Togʼ etaklaridagi hududlarning oʼzlashtirilishi, xususan pichan tayyorlash va yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Kitob qoʼriqxonasida muhofaza ostiga olingan; butalarni qirqishni taqiqlash, meʼyoridan ortiq pichan tayyorlash va yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanishni cheklash.



«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009