
Dikerogammarus aralensis(Uljanin, 1875)
Maqomi: 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, endemik tur.
Tarqalishi: Orol dengizi.
Oʼzbekistondan tashqarida:Qozogʼiston, Kaspiy dengizi.
Yashash joylari: Qirgʼoqdagi shoʼrlashgan suvlar. Suv tubida yashaydi.Qumloq joylarni va xarovik suv oʼtlari orasini afzal koʼradi.
Soni: Ilgari koʼp uchrar edi, keyingi oʼn yillar ichida keskin kamayib ketdi.
Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. Yilning harorat sharoitlariga qarab 2-5 martagacha nasl beradi. Ovlanadigan baliqlarning axamiyatli ozuqa
manbalaridan.
Cheklovchi omillar: Orol dengizi sathining pasayishi va suvining shoʼrlanishi.
Koʼpaytirish: Sunʼiy sharoitda koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Yashash tarzini va arealini mukammalroq oʼrganish, shoʼrxoq suvli koʼllarga koʼchirish, suv havzalarining gidrorejimini bir maromda saqlash, yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish.