Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Orol limnositerasi

Limnocythere aralensis Schornikov, 1973

Maqomi: 1 (E):Yoʼq boʼlib ketayotgan, qisqa endemik.

Tarqalishi: Orol dengizi. 

Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston.

Yashash joylari: Qirgʼoqlardagi chuchuklashgan suvlar tubida yashaydi.

Soni: Kam topilmalar oraqli maʼlum.

Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. Oʼlgan organizmlarning chirindilari va mikrosuvoʼtlar bilan oziqlanadi. Ovlanadigan baliqlarning ahamiyatli ozuqa manbalaridan.

Cheklovchi omillar: Orol dengizi sathining pasayishi va suvining shoʼrlanishi.

Koʼpaytirish: Sunʼiy sharoitda koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Yashash tarzini va arealini mukammalroq oʼrganish, shoʼrxoq suvli koʼllarga koʼchirish, suv havzalarining gidrorejimini bir maromda saqlash, yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish.


«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009