
Enhydrosoma birsteini Borutzky, 1971
Maqomi: 1 (EN): Yoʼq boʼlib ketayotgan, qisqa endemik.
Tarqalishi: Orol dengizi.
Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston.
Yashash joylari: Dengizning qirgʼoq boʼyi va chuqur joylari. Suv tubida va suv oʼtlarining orasida yashaydi.
Soni: Kam topilmalar orqali maʼlum.
Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. Lichinkasi suv qatlamida faol suzib yuradi. Organik chirindilar va mikrosuvoʼtlar bilan oziqlanadi. Ovlanadigan baliqlarning ahamiyatli ozuqa manbalaridan.
Cheklovchi omillar: Orol dengizi sathining pasayishi va suvining shoʼrlanishi.
Koʼpaytirish: Sunʼiy sharoitda koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Yashash tarzini va arealini mukammalroq oʼrganish, shoʼrxoq suvli koʼllarga koʼchirish, suv havzalarining gidrorejimini bir maromda saqlash, yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish.