Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Kichraygan shizopera

Schizopera reducta Borutzky, 1971

Maqomi:  2 (VU:D) Zaif, qisqarib borayotgan endemik turi. Tarqalishi. Orol dengizi.

Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston.

Yashash joylari: Qirgʼoq boʼyi suvlarining shoʼrlanishi kamaygan joylar. Suv tubida va suv oʼtlarining orasida yashaydi.

Soni: Lokal populyatsiyalarda har kv.m.-da 200 donagacha uchraydi. Keskin qisqarib bormokda.

Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. Lichinkasi suv qatlamida faol suzib yuradi. Organik chirindilar va mikrosuvoʼtlar bilan oziqlanadi. Ovlanadigan baliqlarning ahamiyatli ozuqa manbalaridan.

Cheklovchi omillar: Orol dengizi sathining pasayishi va suvining shoʼrlanishi.

Koʼpaytirish: Sunʼiy sharoitlarda koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Yashash tarzini va arealini mukammalroq oʼrganish, shoʼrxoq suvli koʼllarga koʼchirish, suv havzalarining gidrorejimini bir maromda saqlash, yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009