
Lathrodectus dahli Levi, 1959
Maqomi: 3(NT): Zaifga yaqin, mozaik tarqalgan tur.
Tarqalishi: Qashqadaryo vil. (Nishon, Chor-Ogʼil, Fazogi, oʼuzor q.. atroflari, Oloviddintogʼ tepaligi), Jizzax vil. (Yangiqishloq, Zomin), Navoi vil. (Zarafshon sh., Tomdi).
Oʼzbekistondan tashqarida: Eron, Yaman. Yashash joylari. Mayintuproqli choʼl (yarimchoʼl). Kemiruvchilar, toshbaqalar uyasida tuproqdagi yoriqlarda yashaydi.
Soni: Lokal populyatsiyalarda urgʼochilari soni har 100 kv. metrda oʼrta hisobda 2 donagacha boʼladi.
Yashash tarzi: Yiliga bir marta nasl beradi. Ikkinchi yoshdagi oʼrgimchakchalar pilla ichida qishlaydi, aprelmayda tarqaladi, turli yoshdagi oʼrgimchakchalari avgustgacha uchraydi. Voyaga yetgan erkak qoraqurtni iyun-avgustgacha, urgʼochisini iyul-oktyabrgacha, baʼzan dekabrgacha uchratish mumkin. Urgʼochilari avgustda 4-5, baʼzan 9 donagacha pilla qoʼyadi (har pillada oʼrtacha 1350 dona tuxum boʼladi). oʼrgimchaklar sentyabrdan boshlab tuxumdan chiqadilar. Mayda boʼgʼimoyoqlilar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Yarimchoʼldagi qoʼriqlarning oʼzlashtirilishi, xususan, haydalishi, yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish.
Koʼpaytirish: Ilmiy maqsadda OʼzR FА Zoologiya institutining parvarishxonasida koʼpaytirilmoqda.
Muhofaza choralari: Turning yashash joylarida muhofazasini yoʼlga qoʼyish lozim.