
Corbicula purpurea Prime, 1864
Maqomi: 2 (VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan tur.
Tarqalishi: Samarqand atrofi, Kattaqoʼrgʼon suv ombori, Zarafshon d. quyi oqimi (Sayyod q.), Аmudaryo delьtasi, Moʼynoq atrofi, Qorateren va Dautkoʼl k. (Orol boʼyi).
Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Eron, Iroq, Suriya.
Yashash joylari: Tekisliklardagi harakatchan suv havzalari. 2 metrgacha boʼlgan chuqurliklarda loy qatlamlarida yashaydi.
Soni: Oldinlari koʼp uchrar edi, keyingi bir necha oʼn yillar davomida keskin kamayib ketdi.
Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. 5-6 yil yashaydi. Tuxum qoʼyadi. Organik chirindilar bilan oziqlanadi. Suvni tozalash xususiyatiga ega.
Cheklovchi omillar: Suv sathining keskin oʼzgarishi, xoʼjalik faoliyati oqibatida ularning ifloslanishi, chigʼanoqlarini yigʼish.
Koʼpaytirish: Imkoni mavjud.
Muhofaza choralari: Yashash tarzi va arealini mukammalroq oʼrganish, yashash joylarining muhofazasini tashkillashtirish, suv havzalarining gidrorejimini bir maromda saqlash, ifloslanishdan muhofaza qilish, chigʼanoqlarni yigʼishni taqiqlash.