
Corbicula fluminalis (O.F. Mueller, 1774)
Maqomi: 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tur.
Tarqalishi: Zarafshon d. qayirlari.
Oʼzbekistondan tashqarida: Turkmaniston, Ozarbayjon, Eron, Suriya, Isroil.
Yashash joylari: Tekisliklardagi chuchuk suvli soylar. Chuqurligi 1,5 metrgacha boʼlgan loyqali joylarda yashaydi.
Soni: Oldinlari koʼp uchrar edi, keyingi oʼn yillar davomida keskin kamayib, baʼzi joylarda butunlay yoʼq boʼlib ketgan.
Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. 5-6 yil yashaydi. Tuxum qoʼyadi. Chirindilar bilan oziqlanadi. Suvni tozalash xususiyatiga ega.
Cheklovchi omillar: Suv sathining keskin oʼzgarishi, xoʼjalik faoliyati oqibatida ularning ifloslanishi, chigʼanoqlarini yigʼish.
Koʼpaytirish: Imkoni mavjud.
Muhofaza choralari: Yashash tarzi va arealini mukammalroq oʼrganish, yashash makonlarining muhofazasini tashkillashtirish, suv havzalari gidrorejimini bir maromda saqlash, ifloslanishdan muhofaza qilish, chigʼanoqlar yigʼishni taqiqlash.