
Corbicula cor (Lamarck, 1818)
Maqomi: 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan tur.
Tarqalishi: Samarqand, Buxoro sh. atrofi va Qorateren k. (Orolboʼyi). Oʼzbekistondan tashqarida: Turkmaniston, Ozarbayjon, Eron, Iroq, Suriya, Isroil.
Yashash joylari: Tekisliklardagi harakatchan suv havzalari. 2,5 metrgacha boʼlgan chuqurliklarda loyli qatlamlarida yashaydi.
Soni: Keyingi oʼn yilliklarda keskin kamayib ketdi. Oʼzbekistonda bir necha oʼnlab topilmalar orqaligina maʼlum.
Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. 5-6 yil yashaydi. Tuxum qoʼyuvchi tur. Organik chirindilar bilan oziqlanadi. Suvni tozalash xususiyatiga ega.
Cheklovchi omillar: Suv havzalarida suv sathining keskin oʼzgarishi va xoʼjalik faoliyati oqibatida ularning ifloslanishi. Chigʼanoqlarini yigʼish.
Koʼpaytirish: Imkoni mavjud.
Muhofaza choralari: Yashash tarzini mukammalroq oʼrganish, yashash joylari muhofazasini uyushtirish, suv havzalari gidro-rejimini bir maromda saqlash, ularni ifloslanishdan muhofaza qilish. Chigʼanoqlarini yigʼishni taqiqlash.