Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Kichkinagina hipanis

Hypanis minima (Ostroumoff, 1907)

ssp. minima (Ostroumoff, 1907) (1);

ssp. sidorovi Starobogatov, 1974 (2)

Maqomi: 1(EN): Yoʼq boʼlib ketayotgan endemik, lokal kenja turlar.

Tarqalishi: Orol dengizining chuqur joylari (1) va uning gʼarbiy qismi. Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston (Orol dengizi). Kaspiy

dengizida - boshqa kenja turi.

Yashash joylari: 10 metrgacha (2) va undan chuqur (1) boʼlgan yerlarda suvning tubida yashaydi, yumshoq loylari afzal koʼradi.

Soni: Juda kam. Oʼzbekistonda kam sonli (1) va bir nechta (2) topilmalar orqali maʼlum.

Yashash tarzi: Bir necha yil yashaydi. Lichinkasi suv qatlamida ohista koʼchib yuradi. Bakteriyalar va mikrosuvoʼtlari bilan oziqlanadi. Suvni tozalaydi va ovlanadigan baliqlarning ozuqasi.

Cheklovchi omillar: Orol dengizi suvining shoʼrlanishi va sathining kamayishi.

Koʼpaytirish:  Imkoni mavjud.

Muhofaza choralari: Shoʼr suvli koʼllarga koʼchirish, suv havzalarining gidrorejimini bir maromda saqlash, kenja tur yashaydigan joylarni muhofaza qilish lozim.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009