
Hypanis vitrea (Eichwald, 1838)
ssp. bergi Starobogatov, 1974
Maqomi:1(EN): Yoʼq boʼlib ketayotgan endemik lokal kenja tur.
Tarqalishi: Orol dengizining janubiy va gʼarbiy qismlari. Oʼzbekistondan tashqarida: Kaspiy dengizida -boshqa kenja turlar.
Yashash joylari: Qirgʼoqlardagi sayoz joylarning toza suvlari. Suv tubidagi yumshoq loylarni afzal koʼradi.
Soni: Bir nechta topilmalar orqali maʼlum.
Yashash tarzi: Bir necha yil yashaydi. Lichinkasi suv qatlamida ohista koʼchib yuradi. Bakteriyalar va mikrosuvoʼtlari bilan oziqlanadi. Suvni tozalaydi va ovlanadigan baliqlarning ozuqasi.
Cheklovchi omillar: Orol dengizi suvining shoʼrlanishi va sathining kamayishi.
Koʼpaytirish: Imkoni mavjud.
Muhofaza choralari: Shoʼr suvli koʼllarga koʼchirish, suv havzalarining gidrorejimini bir maromda saqlash, kenja tur yashaydigan joylarni muhofaza qilish lozim.