
Qoʼqon tishsizi
Colletopterum kokandicum
Starobogatov et Izzatullaev ,1980
Maqomi: 1(CR): Butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasida turgan Fargʼona endemiki.
Tarqalishi: Qoʼqon sh. yaqinidagi Pechqoran koʼlida turning yagona populyatsiyasi mavjud.
Yashash joylari: Tekislikdagi harakatchan suv havzalari. Loy qatlamlarida 2 metrgacha boʼlgan chuqurliklarda yashaydi.
Soni: Bir nechtagina nusxada maʼlum.
Yashash tarzi: 5-10 yil yashaydi. Germafrodit, tuxumini kuzda tashqi oyqulogʼining ichiga qoʼyadi, ularni tashqariga keyingi yozda chiqaradi. Lichinkalari 5-8 hafta baliqlarning suzgichlari va oyquloqlarida rivojlanadi. Organik chirindilar bilan oziqlanadi. Suvni tozalaydi.
Cheklovchi omillar: Suv havzalarida suv sathining keskin oʼzgarishi, xoʼjalik faoliyati natijasida ularning ifloslanishi.
Koʼpaytirish: Imkoni mavjud.
Muhofaza choralari: Yashash joylarini muhofaza qilish, suv havzalari gidrorejimini bir maromda ushlash, ularni ifloslanishdan saqlash, chigʼanoqlarini yigʼishni taqiqlash.
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009