Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Baktriya tishsizi

Colletopterum bactrianum (Rolle, 1896)

Maqomi: 1(EN): Yoʼq boʼlib ketayotgan, mozaik tarqalgan endemik tur.

Tarqalishi: Chordara soy, Аydarkoʼl, Sirdaryo va Zarafshon d. qayirlari. 

Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston, Qozogʼiston.

Yashash joylari: Tekislikdagi harakatchan suv havzalari. Loy qatlamlarida 2,5 metrgacha boʼlgan chuqurliklarda yashaydi.

Soni: Barcha joyda kam. Oʼzbekistonda kam sonli topilmalar orqali maʼlum.

Yashash tarzi: 5-10 yil yashaydi. Odatda germafrodit, alohida ajralib qolgan suv havzalarida ikki, yaʼni ayri jinsli boʼlib qoladi. Tuxumini kuzda tashqi oyquloqining ichiga qoʼyadi, ulardan tashqariga keyingi yozda chiqaradi. Lichinkalari 5-8 hafta baliqlarning suzgichlari va oyquloqlarida rivojlanadi. Organik chirindilar bilan oziqlanadi. Suvni tozalaydi.

Cheklovchi omillar: Suv havzalari sathining keskin oʼzgarishi, xoʼjalik faoliyati natijasida ularning ifloslanishi, chigʼanoqlarini yigʼish.

Koʼpaytirish: Imkoni mavjud.

Muhofaza choralari: Yashash joylarini muhofaza qilish, suv havzalari gidrorejimini bir maromda ushlash, ularni ifloslanishdan saqlash, chigʼanoqlarini yigʼishni taqiqlash.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009