
Colletopterum sogdianum (Kobelt, 1897)
Maqomi: 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan mozaik tarqalgan, endemik tur.
Tarqalishi: Kattaqoʼrgʼon, Chordara suv omborlari, Oqqoʼrgʼon baliq urchitish xoʼjaligi, Аydarkoʼl, Sirdaryo, Аmudaryo, Zarafshon d. qayirlari. Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston, Turkmaniston.
Yashash joylari: Tekislikdagi harakatchan suv havzalari. Loyli tuproqlarda 2,5 metrgacha boʼlgan chuqurliklarda yashaydi.
Soni: Oldinlari koʼp uchrar edi, keyingi yillari keskin kamayib ketdi.
Yashash tarzi: 5-10 yil yashaydi. Germafrodit tur. Tuxumini kuzda tashqi oyquloqining ichiga qoʼyadi, ulardan tashqariga keyingi yozda chiqaradi. Lichinkalari 5-8 hafta baliqlarning suzgichlari va oyquloqlarida rivojlanadi. Or-ganik chirindilar bilan oziqlanadi. Suvni tozalaydi.
Cheklovchi omillar: Suv havzalari sathining keskin oʼzgarishi, xoʼjalik faoliyati natijasida ularning ifloslanishi, chigʼanoqlarini yigʼish.
Koʼpaytirish: Imkoni mavjud.
Muhofaza choralari: Yashash joylarini muhofaza qilish, suv havzalari gidrorejimini bir maromda ushlash, ularni ifloslanishdan saqlash, chigʼanoqlarini yigʼishni taqiqlash.