Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Urgut levozebrinasi

Laevozebrina urgutensis (Kobelt, 1902)

Maqomi: 2(VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan endemik tur.

Tarqalishi: Urgut q. atrofi (Zarafshon t.). 

Oʼzbekistondan tashqarida: Аfgʼoniston.

Yashash joylari: Togʼlarning (d.s.b. 900-1500 m) butalar bilan qoplangan mayda toshli yonbagʼirlari.

Soni: Kam topilmalar orqali boʼyicha maʼlum.

Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan, 1,5-2 yilcha yashaydi. Tuxum Qoʼyadi.

Cheklovchi omillar: Daraxt va butalarning qirqilishi natijasida yashash joylarining yoʼq qilinishi, yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari:  Yashash tarzini oʼrganish va yashash joylarini muhofaza qilish lozim.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009