Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Xatton gastrokoptasi
Gastrocopta huttoni (Benson, 1849)
Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, relikt tur.
Tarqalishi: Oqqoʼrgʼon sh. atrofi (Toshkent vil.). Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston, Tojikiston, Hindiston.
Yashash joylari: Daraxt va butazorli togʼ (d.s.b. 600-1000 m.) yonbagʼirlari va togʼ etaklari.
Soni: Kam uchraydi.
Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan, bir yilcha yashaydi. Tuxum qoʼyadi.
Cheklovchi omillar: Daraxt va butalarning qirqilishi, yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari koʼp foydalanish natijasida yashash joylarining yoʼq qilinishi.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Yashash tarzini oʼrganish, yashash joylarini muxofaza kilish
«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009