Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Qaynar melanoidesi

Melanoides kainarensis Starobogatov et Izzatullaev, 1980

Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan endemik tur.

Tarqalishi: Karnabchoʼldagi Boshhovuz bulogʼi. 

Oʼzbekistondan tashqarida:Turkmaniston, Аfgʼoniston.

Yashash joylari:Tekisliklardagi iliq (18-20°) buloqlar va ular hosil qilgan iliq soy va hovuzlar. 2,5 metrgacha boʼlgan chuqurliklarda toshli, loyli va loyqa bosgan tuproqlarda yashaydi.

Soni: Lokal populyatsiyalarda har kv.m. da 120 donagacha boʼlishi mumkin.

Yashash tarzi: 5-8 yil yashashadi. Koʼpayishi bir jinsli, erkaklari juda kamyob. Tuxumlari kam, ular maxsus boʼlmada rivojlanadi va undan yosh mollyuskalar chiqadi. Bakteriya poʼpanaklari va mikrosuvoʼtlari bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Buloqlar suvi hajmining oʼzgarishi, suv haroratining pasayishi, havzalarning ifloslanishi.

Koʼpaytirish: Imkoni mavjud.

Muhofaza choralari: Yashash joylarini muhofaza qilish, suv havzalari gidrorejimi barqarorligini taʼminlash, ularni ifloslanishdan saqlash.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009