Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Shohimardon buloq chigʼanogʼi

Valvatamnicola schahimardanica Izzatullaev, 1984

Maqomi: 1(CR): Butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasida turgan en-demik tur.

Tarqalishi: Turning yagona populyatsiyasi - Shohimardon q. atrofida (Oloy t.).

Yashash joylari: Buloqlar va toza (7-10°) sovuq suvli togʼ daryolari (d.s.b. 900-1500 m). 25-30 sm chuqurlikda mayda shagʼallar orasida yashaydi.

Soni: San, reliktovыy oqli nusxalarda maʼlum.

Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. Bir yilcha yashaydi. Qobiqlarda bir donadan tuxum qoʼyadi. Bakteriya poʼpanaklari va mikrosuvoʼtlari bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Buloqlarning xoʼjalik va rekreatsion faoliyat hisobiga ifloslanishi, suvi kamayishi.

Koʼpaytirish:  Sunʼiy sharoitda koʼpaymaydi.

Muhofaza choralari: Yashash tarzini mukammal oʼrganish, yashash joylarini muhofaza qilish, suv havzalari gidrorejimi barqaror- ligini taʼminlash, ularni ifloslanishdan saqlash.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009