Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Аrxangelskiy buloq chigʼanogʼi

Valvatamnicola archangelskii (Shadin, 1952)

Maqomi:  1 (CR): Butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasida turgan lokal endemik tur.

Tarqalishi: Turning yagona populyatsiyasi - Shohimardon q. atrofida (Oloy t.).

Yashash joylari: Buloqlar va toza (7-10°) sovuq suvli togʼ daryolari (d.s.b. 900-1500 m). 25-30 sm chuqurlikda mayda shagʼallar ora-sida, toshlar va suv ichidagi oʼsimliklar barglarida yashaydi.

Soni: Kamdan-kam nusxalarda maʼlum.

Yashash tarzi:  Kam oʼrganilgan. Bir yilcha yashaydi kapsulada. Qobiqlarda bir donadan tuxum qoʼyadi. Bakteriya poʼpanaklari va mikrosuvoʼtlari bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Buloqlarning xoʼjalik va rekreatsion faoliyat hisobiga ifloslanishi, suvining kamayishi.

Koʼpaytirish: Sunʼiy sharoitda koʼpaymaydi.

Muhofaza choralari: Yashash tarzini mukammal oʼrganish, yashash joylarini muhofaza qilish, suv havzalari gidrorejimi barqarorligini taʼminlash, ularni ifloslanishdan saqlash.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009