Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Sogdamnicola shadini Izzatullaev, 1984

Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, lokal endemik tur.

Tarqalishi: Urgut va Omonqoʼton q. atrofi (Zarafshon t.).

Yashash joylari: Togʼ (d.s.b. 900-1500 m) buloqlari, buloqlardan toʼyinadigan suvi sovuq (7-10°) va toza boʼlgan kichik daryolar. 25¬30 sm chuqurlikda mayda shagʼallar orasida, toshlar va suv oʼtlari barglarida yashaydi.

Soni: Lokal populyatsiyalarda har kv.m.-da 120 donagacha yetadi.

Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. Bir yilcha yashaydi. Qobiqlarda bir donadan tuxum qoʼyadi. Bakteriya poʼpanaklari va mikrosuvoʼtlari bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Buloqlarning qishloq xoʼjaligi va qurilish chiqindilari bilan ifloslanishi va suvining kamayib ketishi.

Koʼpaytirish:  Sunʼiy sharoitda koʼpaymaydi.

Muhofaza choralari: Yashash tarzini toʼla oʼrganish, yashash joylarini muhofaza qilish, suv havzalari gidrorejimini barqorlashtirish, ularni ifloslanishdan saqlash choralarini koʼrish.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009