Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti

image

Tibbiy zuluk

Hirudo medicinalis Linnaeus, 1758

Maqomi: 2 (VU:D): Zaif,qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [LR-nt].

Tarqalishi. Аmudaryo, Sirda- ryo, Zarafshon d. havzalarining pasttekisliklarida joylashgan kichik suv havzalari. Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston, Oʼrta va Janubiy Yevropa, Kavkazorti, Turkiya, Sharqiy Sibirь janubi.

Yashash joylari. Tekislikda, baʼzan togʼ etaklarida joylashgan, turgʼun yoki sekin oqar, tubi loyqali yoki toshli chuchuk suv havzalari. Sayoz joylarda yashaydi.

Soni: Ilgari koʼp uchrar edi, keyingi oʼn yilliklarda keskin kamayib ketgan.

Yashash tarzi: Bir necha yil yashaydi. Germafrodit, jinsiy yoʼl bilan yiliga 1-2 marta koʼpayadi. Tuxumlarini pillalarda qoʼyadi. Qishda uyquga kiradi. Baqalar, baʼzida sutemizuvchilarning qonini soʼradi. Suvlarning kimyoviy ifloslanishiga juda sezgir. Baʼzi bir kasalliklarni davolashda va laboratoriya tajribalarida foydalaniladi.

Cheklovchi omillar: Suv havzalarida suvning sathi keskin oʼzgarishi, oʼzanlarning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi.

Koʼpaytiris: Laboratoriya sharoitida osonlikcha koʼpayadi.

Muhofaza choralari:  SITESning II-Ilovasiga kiritilgan. Turning yashash joylaridagi muhofazasini tashkillashtirish; havzalarning gidrorejimini barqarorlashtirish, ularning ifloslanishiga yoʼl qoʼymaslik choralarini koʼrish.

«O'ZBEKISTON QIZIL KITOBI» © O'R FA ZOOLOGIYA INSTITUTI, 2009